"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi milanliklarning joriy mavsumda Italiya chempioni bo‘lish imkoniyatlari haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 may kuni safarda "Torino" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
"Afsuski, hammasi o‘z qo‘limizda emas. Qo‘limizdan keladigani - bugun qanday o‘ynagan bo‘lsak, shunday o‘ynash, bugun ishonchli harakat qilishimiz kerak edi: "Torino" to‘qqiz o‘yindan beri o‘z maydonida yutqazmayotgandi, bu kuchli jamoa," - deya Indzagining so‘zlarini keltiradi milanliklar matbuot xizmati.













