Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

“Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi — manba

“Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi — manba

Baho:
+ | -

Leverkuzenning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso “Real” bilan 2028 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis “Real”dagi faoliyatini 15 iyundan 13 iyulgacha AQSHda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida boshlaydi. Madridliklar Alonso jamoa safiga ertaroq kelishi borasida nemis klubi bilan muzokara olib borgan va kelishuvga erishgan.

Xabi Alonso 2022 yildan beri “Bayer” bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa Germaniya chempionligi hamda mamlakat Kubogini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “qirollik klubi” yomon natijalar fonida italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti bilan shartnomani bekor qilish arafasida turibdi. “Real” joriy mavsum hech qanday sovrin qo‘lga kiritmadi: Jamoa Ispaniya Superkubogi finalida hamda mamlakat kubogida “Barselona”ga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Chempionlar Ligasida “Arsenal”ga mag‘lub bo‘ldi. La Ligada esa birinchi o‘rindagi jamoadan 7 ochko ortda qolmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:00, 12.05.2025.
O'qildi: 1690 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.