Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nottingem Forest" hujumchisi zudlik bilan operasiya qilindi

"Nottingem Forest" hujumchisi zudlik bilan operasiya qilindi

Baho:
+ | -

"Nottingem Forest" hujumchisi Tayvo Avoniyi darvoza ustuni bilan to‘qnashib ketganidan keyin shoshilinch jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

Yakshanba kuni "Lester"ga qarshi o‘yinda (2:2) Avoniyi ustun bilan to‘qnashib ketdi.

Avoniyi o‘ynashni davom ettira olgan bo‘lsa-da, Tayvo dushanba kuni to‘liq tekshiruvdan o‘tdi va qorin bo‘shlig‘ida jiddiy jarohat borligini aniqladi.

"Nottingem Forest"ning tibbiyot xodimlari Avoniyi zudlik bilan kasalxonaga jo‘natishdi, u yerda 27 yoshli nigeriyalik futbolchi bir necha soatdan so‘ng operasiya qilindi, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Joriy mavsumda Premyer-ligada bitta gol urgan Avoniyi shu sababli "o‘rmonchilar"ning "Vest Xem" va "Chelsi"ga qarshi so‘nggi ikki o‘yinida maydonga tusha olmaydi.

Kiritildi: 10:11, 13.05.2025.
O'qildi: 632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик