Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

O‘zbekiston kubogi. "Andijon" "Dinamo" bilan durang o‘ynadi, "Lochin" safarda "Surxon"ni mag‘lub etib, guruhdan chiqdi

O‘zbekiston kubogi. "Andijon" "Dinamo" bilan durang o‘ynadi, "Lochin" safarda "Surxon"ni mag‘lub etib, guruhdan chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogida bugun B guruhida 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

"Andijon" o‘z maydonida "Dinamo"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlardan Doniyor Abdumannopov 9-daqiqada penaltidan gol urgan bo‘lsa, samarqadliklar 45+2-daqiqada Akbar Abdurasulovning goli bilan javob qaytardi. O‘yin oxirigacha hisob o‘zgarmadi - 1:1.

Guruhning yana bir o‘yinida katta sensasiya qayd etildi. Qarshi davlat universitetining "Lochin" klubi Termizda "Surxon"ni mag‘lub etdi - 3:1.

Termizliklar tarkibida Jahongir Abdusalomov 10-daqiqada hisobni ochgandi. Qarshiliklar bunga 3 bor javob berdi: Zafar Polvonov 32 va 36-daqiqalarda, Asliddin Tursunpo‘latov esa 90+6-daqiqada gol urdi.

3 turdan so‘ng guruhda "Dinamo" 7 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. "Lochin" kutilmaganda 6 ochko bilan ikkinchi pog‘onaga joylashdi. "Surxon" (3 ochko) va "Andijon" (1 ochko) guruhda qolib ketdi.

Kiritildi: 21:47, 13.05.2025.
O'qildi: 1535 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик