Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Kevin de Bryoyne «Real»ga o‘tish uchun maoshining 2 baravar kam bo‘lishiga rozi

Kevin de Bryoyne «Real»ga o‘tish uchun maoshining 2 baravar kam bo‘lishiga rozi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning 33 yoshli yarim himoyachisi Kevin De Bryoyne nomzodi Madridning «Real» klubiga taklif qilindi. Bu haqda "Defensa Central" xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, belgiyalik futbolchining agentlari Toni Kroos karyerasini yakunlaganidan so‘ng «Real» markaziy yarim himoyachiga muhtoj ekanligini biladi. Ta’kidlanishicha, De Bryoyne «Real» safida to‘p surishni istaydi va buning uchun u o‘z maoshini ikki baravarga kamaytirishga ham tayyor. Hozirda «Manchester Siti»da u yiliga taxminan 16 million yevro maosh olmoqda, ammo u "Real" safida 7–8 million yevro yillik ish haqiga rozi.

«Real» klubi bu taklifni hurmat bilan qabul qilgan, ammo 33 yoshli futbolchining eng yaxshi yillari ortida qolgan deb hisoblamoqda.

De Bryoyne joriy mavsum yakunlangach, «Manchester Siti»ni tark etadi. U mavsum davomida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 27 million yevroga teng.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:50, 13.05.2025.
O'qildi: 3810 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.