Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Marat Miftaxutdinov: “O‘yinni barcha qiziqish bilan kuzatdi”

Marat Miftaxutdinov: “O‘yinni barcha qiziqish bilan kuzatdi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi so‘nggi turidan o‘rin olgan «Andijon» – «Dinamo» (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar murabbiyi Marat Miftaxutdinov qatnashdi.

— O‘yinni qiziqarli bo‘ldi, deyish mumkin. Uchrashuvni barcha juda qiziqish bilan kuzatdi. Maydon egalarida bir qator xavfli vaziyatlar bo‘ldi. Futbol shunday o‘yinki, unda albatta imkoniyatlardan foydalanishing kerak bo‘ladi. Shu sababli ko‘rdikki, bugungi bahs durang bilan yakunlandi. Albatta, biz bu o‘yingacha vazifani uddalagandik. Shu boisdan ushbu uchrashuv uchun tarkibda rotasiyani amalga oshirdik. Chempionat o‘yinlarida zaxirada qolayotgan va o‘yin amaliyoti kamroq bo‘layotgan futbolchilarga imkoniyat taqdim etdik. Shu bilan birgalikda o‘rinbosarlar tarkibimizdan ham ayrim yoshlarni sinab oldik.

— Maydonda to‘p surgan yosh futbolchilar sizda qanday taassurot qoldirdi?

— Ularda katta xohish borligi ko‘rinib turdi. Ba’zi joylarda ularga tajriba yetishmadi. O‘ylaymanki, iqtidorli yoshlarimiz bizning yaqin kelajakdagi asosiy o‘yinchilarimiz.

— Bosh murabbiy Vadim Abramovni Andijonga kelmaganining sababi nimada?

— Sog‘ligida biroz muammolari bor edi. Biroz betob bo‘lib qoldi. Bir qator futbolchilarimiz qolishgandi. Vadim Karlenovich ular bilan birga qoldi. Sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar tufayli kelmadi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:52, 14.05.2025.
O'qildi: 409 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.