Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Yaponiyalik vingerga Bundesliga grandi qiziqish bildirmoqda

Yaponiyalik vingerga Bundesliga grandi qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi Risu Doanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, dortmundliklar "Frayburg" vingeri bilan keyingi haftadan muzokaralarni boshlamoqchi bo‘lgan "Ayntraxt" o‘rtasida kurash olib boradi.

Ma’lum bo‘lishicha, Doan yozda klubini o‘zgartirishga tayyor. "Frayburg" 26 yoshli futbolchi uchun kamida 20 million yevro so‘raydi. Risuning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi va tovon pulini o‘z ichiga olmaydi.

Doan joriy mavsum Bundesligada 33 ta o‘yinda 9 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:46, 14.05.2025.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик