Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

La Ligada navbatdagi iste’fo aniq

La Ligada navbatdagi iste’fo aniq

Baho:
+ | -

Ispaniyaning "Osasuna" klubi bosh murabbiyi Visente Moreno chempionat yakunlangach, jamoani boshqarmasligini tasdiqladi. Bu haqda Football Espana xabar bermoqda.

Moreno "Osasuna"ni o‘tgan yilning yozida qabul qilib olgandi. Mutaxassis bilan shartnoma 1 mavsumga tuzilgan. Madridning "Atletiko" klubiga qarshi o‘yin oldidan murabbiy jamoa yevrokuboklarga da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa-da, qolgan bir nechta o‘yinlar uning uchun so‘nggisi bo‘lishini ma’lum qildi.

"Bu jamoani Yevropa maydonlariga olib chiqish uchun borimni beraman. Bu juda ajoyib bo‘lardi va bizda bunday imkoniyat bor.", - dedi Moreno.

"Osasuna" 8-o‘rindagi "Rayo Valyekano" bilan oradagi farq 2 ochkoni tashkil etmoqda. Muvaffaqiyatli ishtirok etgan taqdirda, jamoa Konferensiyalar ligasida ishtirok etishi mumkin.

Kiritildi: 17:04, 14.05.2025.
O'qildi: 1479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.