Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Virs "Liverpul" bilan ham muzokara olib bordi

Virs "Liverpul" bilan ham muzokara olib bordi

Baho:
+ | -

Florian Virsga "Liverpul" qiziqmoqda.

Oldinroq "Bayer" yarim himoyachisi "Bavariya" bilan transferga rozi bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi, ammo "Manchester Siti" ham uning transferi bo‘yicha taklif bilan chiqqandi. Kecha 22 yoshli futbolchi Angliyada "shaharliklar" bilan muzokara o‘tkazdi.

Bild jurnalisti Kristian Falk xabariga ko‘ra, futbolchi kecha nafaqat "Manchester Siti" bilan, balki "Liverpul" vakillari bilan ham gaplashgan. "Mersisaydliklar" Virsning transferi 100 million yevrodan ko‘proqqa tushishi mumkinligini tushunishadi. Taxminlarga ko‘ra, "Bayer" 150 millionga yaqin pul olishni xohlaydi.

Shu bilan birga, "Liverpul"ning ustuvor yo‘nalishi - boshqa pozisiyalarni - xususan, hujum markazini mustahkamlash.

Qayd etilishicha, "Bavariya" 100 million yevro atrofida taklif tayyorlamoqda va Florian transfer bo‘yicha bergan va’dasini bajarishini kutmoqda.

Kiritildi: 21:46, 14.05.2025.
O'qildi: 1507 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик