Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" bugun zarbalar va burchak to‘plari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

"Real" bugun zarbalar va burchak to‘plari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

"Real" 20 yildan ortiq vaqt davomida darvozaga "Malyorka" bilan o‘yindagidan ko‘proq zarba bermagan.

Ispaniya La Ligasining 36-turida "Santyago Bernabeu"da kechgan bahsda madridliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Karlo Anchelotti jamoasi 39 marta raqib darvozasiga zarba berdi. Bu "Real"ning kamida 2003/04 yilgi mavsumdan beri, ya’ni Opta Sports statistikasini yig‘ish paytida o‘z maydonida La Ligada eng ko‘p zarba berishidir.

Shuningdek, poytaxt klubi 26 ta burchak zarbasi amalga oshirdi - bu 2005/06 yilgi mavsumdan beri butun ligadagi eng yaxshi natija.

"Real" to‘pga 71,5 foiz egalik qildi va "Malyorka"ga atigi 4 marta zarba berishga imkon berdi.

Kiritildi: 04:33, 15.05.2025.
O'qildi: 1024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик