Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Sohil futboli. O‘zbekistonlik hakam Nayim Qosimov Jahon chempionatining 9 ta uchrashuvida faoliyat yuritdi

Sohil futboli. O‘zbekistonlik hakam Nayim Qosimov Jahon chempionatining 9 ta uchrashuvida faoliyat yuritdi

Baho:
+ | -

Afrika qit’asining sharqida, Hind okeanida joylashgan xushhavo va xushmanzara Seyshel oroli poytaxti Viktoriya shahri may oyining dastlabki yarmida sohil futboli muxlislari diqqat markazida turdi. 155 ta orollar arxipelagining ajralmas bu qismi sohil futboli bo‘yicha XIII jahon chempionati final bosqichiga mezbonlik qildi.

Sayyoramizning 16 kuchli terma jamoasi ishtirok etgan Mundialda charm to‘p sehrgarlari yurti – Braziliya terma jamoasi yettinchi marta jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Braziliyaliklar finalda Belarus terma jamoasini 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Kumush medallardan tashqari bronza medallari ham Yevropa qit’asi vakillarida ketdi. 3-o‘rin uchun o‘tkazilgan uchrashuvda Portugaliya terma jamoasi Afrika qit’asi vakili – Senegal terma jamoasini 3:2 hisobida dog‘da qoldirdi.

E’tiborga molik jihati sohil futboli bo‘yicha mazkur jahon chempionatida o‘zbek o‘g‘loni, taniqli FIFA referisi Nayim Qosimov ham faoliyat olib bordi. Nayim Qosimov 11 kun ichida 9 ta bahsda faoliyat yuritgani diqqatga sazovor. Xalqaro futbol federasiyalari uyushmasi hakamlar qo‘mitasi Nayim Qosimovga guruh bahslarining bittasini (Salvador – Italiya – 0:5) boshqarish, shuningdek, beshtasida bosh hakam yordamchisi sifatida ishlash imkoniyatini berdi.

O‘zbekistonlik referi Jahon chempionatining oxirgi kuniga qadar uchrashuvlarni boshqarishga jalb etildi. Jumladan, 8 may kuni pley-offning dastlabki bosqichi – chorak finalda Belarus – Eron (4:3), 10 may sanasida esa yarim finalning Portugaliya – Braziliya terma jamoalari uchrashuvlarida bosh hakam yordamchisi vazifasini o‘tadi. Va nihoyat Mundialning oxirgi kuni Nayim Qosimov Senegal – Portugaliya (2:3) terma jamoalari o‘rtasida kechgan 3-o‘rin uchun o‘yinda ham bosh hakam yordamchisi sifatida maydonga chiqdi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 07:26, 15.05.2025.
O'qildi: 920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.