Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«O‘yin ob-havo kabi bo‘ldi. Muxlislardan uzr so‘rayman» - Vadim Abramov «Buxoro» bilan durangdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi

«O‘yin ob-havo kabi bo‘ldi. Muxlislardan uzr so‘rayman» - Vadim Abramov «Buxoro» bilan durangdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

«Buxoro» - «Dinamo» (2:2) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

- Ob-havoga yarasha o‘yin bo‘ldi. Muxlislardan uzr so‘rayman. Ular shunaqa noqulay ob-havoga qaramay Samarqanddan Toshkentga kelib, stadionda qo‘llab-quvvatlab turishdi. Bugun maydonda juda yomon ko‘rindik. «Buxoro»ni bugungi o‘yinda qo‘lga kiritgan bir ochkosi bilan tabriklayman. Jamoam o‘yini borasida esa yigitlarga e’tirozlarim bor.

O‘yinni tashkil etish borasida noto‘g‘ri o‘ynadik. Ular deyarli hujum qilmayotgan, pressing ham qila olmayotgandi, bunday paytda ular faqat standart vaziyatlarni ko‘zlashgandi. Ikkinchi bo‘limda kutilmaganda boshlangan chang to‘zonli havo ham ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Futbolchilarimizni bu raqibga qarshi ruhan tayyorlay olmagandekmiz. «Buxoro»ning so‘nggi o‘yinlaridagi yirik mag‘lubiyati futbolchilarimizga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. O‘yin oldi mashg‘ulotda ham yigitlar xotirjamlikka berilgandek ko‘rinishdi. Bugun yutish shart edi, ammo durang qayd etdik. O‘yinni tahlil qilamiz va keyingi o‘yinga tayyorlanamiz.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:41, 18.05.2025.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик