Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Real Madrid” Rodrigoga o‘rinbosar topdi

“Real Madrid” Rodrigoga o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

“Real” Argentinaning “River Pleyt” klubi safida to‘p surayotgan Franko Mastantuononi o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda TyS Sports nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” rahbariyati, xususan prezident Florentino Peres 17 yoshli hujumkor yarim himoyachining vakillari bilan bog‘langan va uning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Hozirda futbolchining agenti Madridda bo‘lib turibdi.

Shunga qaramay, Mastantuono Yevropaga o‘tishga shoshilmayapti. U vatanida yana bir oz o‘ynab, keyin ko‘hna qit’aga kelishni istamoqda. Madrid tomon uni braziliyalik futbolchi Rodrigo uchun potensial o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda, chunki Franko ham o‘ng qanot hujum chizig‘ida samarali harakat qila oladi.

Avvalroq futbolchiga “Milan”, “Atletiko” va “PSJ” klublari ham qiziqish bildirgan. Xaridor jamoalar uni taxminan 45 million yevro evaziga sotib olishi mumkinligi aytilmoqda.

Joriy mavsumda Franko Mastantuono “River Pleyt” tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klubi bilan shartnomasi 2026 yilning oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Mastantuononing qiymatini 15 million yevroga baholagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:07, 18.05.2025.
O'qildi: 2843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.