Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Futzal. Yaponiya ayollar terma jamoasi – Osiyo chempioni!

Futzal. Yaponiya ayollar terma jamoasi – Osiyo chempioni!

Baho:
+ | -

Xitoyning Hohhot shahrida o‘tgan Osiyo kubogi-2025 musobaqasi Yaponiya ayollar futzal jamoasining triumfi bilan yakuniga etdi.

Tailand terma jamoasiga qarshi o‘tgan final bahsida kuchlar teng keldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida tomonlar ikki martadan, qo‘shimcha vaqtlarda esa bir martadan muvaffaqiyat qozonishdi. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida omad Yaponiya terma jamoasi qizlariga kulib boqdi. Shu tariqa, yaponiyaliklar birinchi marta Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishdi.

Osiyo kubogining bronza medallari Eron Islom Respublikasi terma jamoasiga nasib etdi. Ikki karra qit’a chempioni bo‘lgan fors qizlari bu safar kichik finalda musobaqa mezbonlari – Xitoy Xalq Respublikasi terma jamoasidan ustun kelishdi.

Osiyo kubogi to‘purarligi eronlik Maral Torkamanga nasib etdi – 6 gol.

Shu tariqa Osiyo kubogi sovrindorlari bo‘lgan Yaponiya, Tailand va Eron terma jamoalari Filippinda o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasiga ham ega bo‘lishdi.

Osiyo kubogi-2025

Yarim final. 15 may
Xitoy – Tailand – 2:3
Yaponiya – Eron – 3:2

3-o‘rin uchun. 17 may
Xitoy – Eron – 1:3

Final. 17 may
Yaponiya – Tailand – 3:3, penaltilar seriyasi – 3:2

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 12:18, 18.05.2025.
O'qildi: 8655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик