Amsterdamning "Ayaks" klubida iste’fo yuz berdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, Franchesko Farioli jamoa boshqaruvidagi 1 mavsumdan so‘ng "o‘z ixtiyori" bilan klubdan ketgan.
Niderlandiya chempionati yakuniga 1 tur qolganda "Ayaks" peshqadamlikni PSVga topshirgandi, yakunda PSV ketma-ket ikkinchi bor chempion bo‘ldi. "Ayaks" Niderlandiyada oxirgi marta 2022 yilda chempion bo‘lgan.













