Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Rodrigoga kutilmagan xaridor chiqdi

Rodrigoga kutilmagan xaridor chiqdi

Baho:
+5 | -

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Angliyaga yo‘l olishi mumkin. AS nashrining xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar ustozi Ruben Amorim braziliyalik vingerni jamoaga taklif qilib, o‘ng qanot hujum chizig‘ini kuchaytirishni istamoqda. Rodrigoga Manchesterning boshqa jamoasi — “Siti” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchining klubdagi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Rodrigo yaqin kunlarda “Real”ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi kutilayotgan Xabi Alonso bilan uchrashib, o‘z kelajagini muhokama qilmoqchi. Ushbu suhbatdan keyin Madrid klubida qoladimi yoki ketadimi — bu boradagi qarorini qabul qiladi.

Rodrigoning “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha amal qiladi. Uning transfer qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.

Avvalroq madridliklar braziliyalik jamoani tark etishi mumkinligini inobatga olib, unga o‘rinbosar topganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shuningdek, Xabi Alonso boshchiligidagi “Real” ikkita hujumchi bilan o‘ynashi mumkinligi, shu sababli Rodrigo “qirollik klubi”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:48, 20.05.2025.
O'qildi: 7206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик