Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real Madrid" yarim himoyachisini 20 million yevroga sotib yuborishga tayyor

"Real Madrid" yarim himoyachisini 20 million yevroga sotib yuborishga tayyor

Baho:
+1 | -

Madridning "Real" klubiga tegishli bo‘lgan markaziy yarim himoyachi Dani Sebalyos Ispaniya chempionatining boshqa klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida ma’lum qilindi.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli xavbek xizmatiga Sevilyaning "Betis" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub kelasi mavsum starti oldidan Sebalyos bilan kuchayishni istamoqda. Asosiy to‘siq - futbolchining narxi. "Qirollik klubi" yarim himoyachini sotishdan 20 million yevro ishlab olmoqchi.

Danining "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. La Liganing joriy mavsumida xavbek 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 12:13, 20.05.2025.
O'qildi: 5173 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик