Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Lester" van Nistelroyga o‘rinbosar tanladi

"Lester" van Nistelroyga o‘rinbosar tanladi

Baho:
+ | -

"Lester" bosh murabbiyi Rud van Nistelroy mavsum yakunlangach, ishda qolmasa kerak.

"Tulkilar" marraga ancha vaqt qolganda Premyer-ligada qolish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. So‘nggi tur oldidan jamoa 25 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi. Football Insider xabariga ko‘ra, "Lester" rahbariyati van Nistelroyni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Rassell Martinni tayinlashni rejalashtirmoqda. Shotlandiyalik bilan muzokaralar rivojlangan bosqichda.

Martin o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra "Sautgempton"ni Premyer-ligaga olib chiqdi, ammo APLdagi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi - uni 16-turdan keyin iste’foga chiqarishdi.

Rud van Nistelroy o‘tgan yilning dekabr oyi boshida "Lester"da ish boshlagandi.

Kiritildi: 05:16, 21.05.2025.
O'qildi: 835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик