Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Gvardiola nima uchun yosh Echeverrini yana qaydnomadan chetda qoldirganini tushuntirdi

Gvardiola nima uchun yosh Echeverrini yana qaydnomadan chetda qoldirganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Klaudio Echeverrining "Bornmut"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganiga izoh berdi.

Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Premyer-liganing 37-turidan o‘rin olgan uchrashuv "shaharliklar"ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahs yakunlangach, jurnalistlar ispaniyalik murabbiydan nega Angliya kubogining so‘nggi finalida debyut qilgan va maqtovlarga sazovor bo‘lgan Echeverrini yana qaydnomaga kiritmaganini so‘rashdi.

"U tor hududlarda - "Sautgempton" va "Kristal Pelas" kabi chuqur himoyalanuvchi raqiblarga qarshi o‘yinda juda yaxshi harakat qiladi. "Bornmut" - hujum jamoasi, ochiqroq va Echeverri hozircha bunday o‘yinlarda o‘ynashga tayyor emas. Yoki tayyor, lekin buni hali tushunmadim," - deya Gvardiolaning javobini keltiradi City Report.

Kiritildi: 08:30, 21.05.2025.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик