Krishtianu Ronaldu "Al-Xalij"ga qarshi o‘yinda penaltidan foydalana olmadi.
Saudiya Arabistoni ligasi 33-tur uchrashuvining 62-daqiqasida Sulton Al-G‘anamga nisbatan qo‘pollik ishlatganidan keyin portugaliyalik futbolchi o‘ynayotgan "An-Nasr" foydasiga penalti belgilandi.
Ronaldu nuqtadan raqib darvozasining pastki chap burchagiga zarba berdi, biroq darvoza ustuniga tegib, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
Joriy chempionatda forvard yettita penaltini aniq amalga oshirdi.













