Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Deku Fatining kelajagi haqida fikr bildirdi

Deku Fatining kelajagi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" sport direktori Deku Kataloniya jamoasi vingeri Ansu Fati kelajagi haqida gapirdi.

"Futbolda oson vaziyatlar bo‘lmaydi - futbol bu futbol. Avvaliga u mavsumni ajoyib boshladi, keyin jarohatlar, keyin "Brayton"ga ijaraga berildi. U mavsum oldidan mashg‘ulotlarni ajoyib o‘tkazdi, chunki biz uni maydonga qaytarishni xohladik, lekin keyin yana jarohat oldi.

Har bir inson o‘z karyerasida nimani xohlashini o‘zi uchun baholaydi. Agar u ko‘proq o‘yin vaqti kerakligini his qilsa, biz buni muhokama qilamiz. Ansu amaldagi shartnomasiga ega futbolchi va biz undan mamnunmiz. Agar u rivojlanishni istasa, gaplashamiz", - dedi Deku Mundo Deportivo bilan suhbatda.

Avvalroq “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Fatidan hafsalasi pir bo‘lgani va futbolchining tez orada jamoani tark etishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

2024/2025 yilgi mavsumda Fati kataloniyaliklar safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, gol ura olmadi. Transfermarkt futbolchining narxini 5 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 10:55, 23.05.2025.
O'qildi: 1465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик