Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Dzyudochilarimiz nufuzli turnirni 22 ta medal bilan boshladi

Dzyudochilarimiz nufuzli turnirni 22 ta medal bilan boshladi

Baho:
+ | -

Poytaxtimizdagi "Alpomish" sport majmuasi dzyudo bo‘yicha "Tashkent Cadet and Junior Asian Cup" musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. Unda Osiyoning turli mamlakatlaridan kelgan 300 nafardan ziyod yosh polvonlar o‘zaro raqobatlashmoqda.

Musobaqada vakillarimizdan Xurshid Sultonov, Hushnudbek Burxonov, Sultonbek Qo‘ldoshev, Dilafro‘z Boltaboyeva, Saodat Qoraboyeva o‘z vazn toifalarida oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, Abubakr Sattorov, Muhammadqodir Shodmonov, Muhammadkarim Nosirov, Mohinur Olloberganova, Nargiza Do‘stmamatova, Nigina Umrzoqova kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, turnir davomida Abdurahmon Sa’dulloyev, Hikmatullo Xolosov, Azamat Sobirov, Adhambek To‘ychiyev, Ramziddin Norboboyev, Dilshod Karimov, Alina Kolyucheva, Kamola Hasanova, Gulmira Xolmurzayeva, Marjona Sa’dullayeva hamda Zuhra Alimova kabi dzyudochilarimiz shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shu tariqa, ilk kungi bellashuvlarda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 5 ta oltin, 6 ta kumush, 11 ta bronza jami 22 ta medalga ega chiqdi.

Kiritildi: 10:55, 23.05.2025.
O'qildi: 924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик