Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Napoli" "Ayaks" futbolchisi bilan kuchaymoqchi

"Napoli" "Ayaks" futbolchisi bilan kuchaymoqchi

Baho:
+ | -

"Napoli" "Ayaks" futbolchisi Kennet Taylorga qiziqish bildirmoqda.

Klub kelasi mavsumda yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va 23 yoshli futbolchini nishonga oldi, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Marsio.

Neapol klubi vakillari futbolchini bir necha bor o‘yinlarda kuzatgan bo‘lsa, Taylorning agentlari o‘tgan juma kuni "Kalyari"ga qarshi o‘yinda Neapolda bo‘lishgandi.

Qayd etilishicha, niderlandiyalik futbolchi yarim himoyada o‘ynashi, shuningdek, oldinga o‘tishi mumkin. "Ayaks" uning uchun taxminan 25-30 million yevro narx belgilagan.

Joriy mavsumda Kennet Erediviziyada 33 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:26, 26.05.2025.
O'qildi: 977 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик