"Real"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Rodrigoning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
Avvalroq, braziliyalik futbolchi Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Rodrigo ajoyib o‘yinchi, u bizga kerak bo‘ladi. Men u bilan tezda gaplashib olaman", - dedi ispaniyalik mutaxassis.













