Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Mushuk bo‘lsa — go‘sht qani? Mbappe va “Real” haqida hazil va haqiqat

Mushuk bo‘lsa — go‘sht qani? Mbappe va “Real” haqida hazil va haqiqat

Baho:
+ | -

Jurnalist Qahramon Aslanov o‘zining telegram-kanalida Kilian Mbappening "Real"dagi dastlabki mavsumi haqida fikrlarini bildirdi.

"O‘tgan mavsumda “Real” Ispaniya chempionati va Chempionlar Ligasini yutgach, biroz o‘tib Kilian Mbappe bilan kelishuvga erishgan. Tabiiyki, “Real” muxlislari yangi mavsumda jamoa yana kuchayishini kutgani shubhasiz, o‘shanda hazilomuz qilib tvitterda “2002 yilda Ronaldoni sotib olishganda ham shunaqa o‘ylashgandir” deb yozgandim. 2002 yilda “Real” YECHL sohibi bo‘lgan, ammo Ronaldoning kelishi keyingi mavsumda yordam bera olmagan – jamoa yarimfinalda “Yuventus”ga yutqazib qo‘ygandi.

Qizig‘i, o‘sha Ronaldo ham, hozirgi Mbappe ham “Real”da ishonchni oqlamagan, deya olmaymiz, axir Kilian La Liganing o‘zida 31 gol urdi, “Oltin butsa” oldi, bundan ortig‘ini tasavvur qilish qiyin. Boshqa tarafdan “Real” bu yil avvalgi mavsumdan 11 ochko kam to‘pladi, 9 gol kam urdi. Mbappening 31 goli qayerga qo‘shildi unda, mashhur latifadagidek - “bu mushuk bo‘lsa go‘sht qani”?

Hamma gap shundaki, futbolda matematika bu tarzda ishlamaydi. Kuchli transfer biror kemtik jamoani to‘ldirib, yanada kuchaytirib yuborishi mumkin, ammo shundoq ham kuchli jamoada nimadir kamayishi shart. Mbappe keltirgan foyda biroz Bellinhemdan, biroz Vinisiusdan, biroz Valverdening foydasidan kamayib, balans bo‘laveradi. Bir paytlar “MYU”da har mavsumda 30 gol urib turgan Ruud van Nistelroy ketgach, aksincha, raqamlar oshib ketgan – Ruud o‘zi gollar urgani bilan biroz Runi, biroz Krishtianuning “haqqini yeyayotgandi”. Ko‘pincha bu shunaqa ishlaydi.

U holda Mbappening transferi xato edimi? Albatta yo‘q. Xato emas. Har qanday jamoa yangilanishga muxtoj, bir yerda to‘xtab turmasligi kerak. Mbappe kelmaganida ham kichik inqiroz baribir ro‘y berardi, natijalar pasayishidan qochib qutulish qiyin edi. Mbappe mana shu inqirozdan qaysidir ma’noda qutqarib qoldi ham, usiz “Real” ikkinchi o‘rin va chorak final emas, yanada yomonroq natija ko‘rsatishi ham mumkin edi, menimcha.

Aynan Mbappe tufayli “Real” tasavvurda bo‘lsa ham darajani ushlab qola oldi. Shunchaki, “Barselona” bu safar o‘ta kuchli edi, tan olish kerak", - deb yozdi Aslanov.

Manba: @aslanov_futbol
Kiritildi: 12:12, 27.05.2025.
O'qildi: 2966 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.