Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" hujumchisi "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin

"Chelsi" hujumchisi "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Kristofer Nkunku Angliya Premyer-ligasining boshqa bir klubi safiga borib qolishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli fransiyalik forvard xizmatiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. Nkunkuning transfer narxi Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 45 million yevroga baholanmoqda. Kristoferning "aristokratlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Angliya Premyer-ligasining ortda qolgan mavsumida hujumchi 27ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:24, 27.05.2025.
O'qildi: 1279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик