Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Germaniya terma jamoasi yo‘qotishga uchradi

Germaniya terma jamoasi yo‘qotishga uchradi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Mayns" hujumchisi Jonatan Burkardtni jarohat olgan "Shtutgart" yarim himoyachisi Anjelo Shtiller o‘rniga Millatlar ligasining hal qiluvchi o‘yinlariga chaqirdi.

Burkardt 30 may, juma kuni mashg‘ulot bazasida jamoaga qo‘shiladi.

2024/25 yilgi mavsumda Burkardt "Mayns" safida 29 ta o‘yinda 18 ta gol urib, Bundesliganing eng sermahsul nemis futbolchisiga aylandi. U Germaniya kubogida ham bitta gol urdi. 24 yoshli hujumchi Germaniya terma jamoasi safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Shtiller to‘piq bog‘lamlari jarohatining takrorlanishi tufayli safdan chiqdi. 2024/25 yilgi mavsumda u "Shtutgart" safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi Germaniya terma jamoasi safida 4 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Germaniya va Portugaliya terma jamoalari 4 iyun, chorshanba kuni Millatlar ligasining 1/2 finalida maydonga tushadi.

Kiritildi: 07:59, 28.05.2025.
O'qildi: 1104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик