Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

"Yuventus"ning asosiy futbolchisi bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

"Yuventus"ning asosiy futbolchisi bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Baho:
+ | -

"Yuventus"ning yarim himoyachi Ueston Makkenni bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

Bir oy oldin "keksa senyora" texnik direktori Kristiano Juntoli futbolchining vakillari bilan shartnoma shartlarini kelishib olgandi - bitim 2028 yilgacha mo‘ljallangan va maoshni oshirishni nazarda tutadi. Shunga qaramay, jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, ayni damda muzokaralar muzlatilgan. Klub rahbariyati agentlik to‘lovlarini juda yuqori deb hisobladi, shuning uchun muhokamalarni to‘xtatdi.

Ueston Makkenni "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda o‘z nihoyasiga yetadi. O‘tgan mavsumda xavbek "byankonerilar" safida 44 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:34, 28.05.2025.
O'qildi: 546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.