Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Al-Hilol" Fernandeshning javobini kutmoqda

"Al-Hilol" Fernandeshning javobini kutmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh payshanba kuniga qadar "Al-Hilol"ning so‘nggi taklifiga javob berishi kerak.

“Al-Hilol” “Manchester Yunayted”da haftasiga 280 ming funt maosh oladigan Fernandeshga har yetti kunda 700 ming funt maosh berishga tayyor.

"Al-Hilol" portugaliyalik yarim himoyachiga taklif qilayotgan uch yillik shartnomaning umumiy qiymati 200 million funtni tashkil qiladi.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, saudiyaliklar Fernandesh vakillari bilan ma’lum muddat muzokara olib borishgan, shundan so‘ng ular yakuniy taklifni bildirishgan va Brunuga uni qabul qilish yoki rad etish uchun 72 soat vaqt berishgan.

72 soatlik muddat payshanba kuni yakunlanadi, Fernandesh bu taklifni qabul qilsa, "Al-Hilol" "Manchester Yunayted"ga 100 million funt tovon puli to‘lashga tayyor bo‘ladi.

Agar Fernandesh rad javobini bersa, "Al-Hilol" e’tiborini "Aston Villa" futbolchisi Yuri Tilemans yoki "Atalanta" vakili Edersonga qaratadi.

Kiritildi: 10:50, 28.05.2025.
O'qildi: 1053 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик