Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Nufuzli musobaqa oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Nufuzli musobaqa oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 28-31 may kunlari Nukus shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida jahon va Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli musobaqa oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda xalqaro belbog‘li kurash federasiyasi Prezidenti Xabir Habibullin, Osiyo belbog‘li kurash konfederasiyasi prezidenti Mo‘min Murotov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasi raisi Ravshan Dastirov, yoshlar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turg‘unpo‘latov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri Yerkinboy Qutiboyevlar musobaqaga tayyorgarlik ishlari, o‘tkazilish tartibi hamda ishtirokchilar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha jahon va Osiyo chempionati O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Osiyo belbog‘li kurash konfederasiyasi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Nukus shahridagi 1- sonli sport maktabida ilk bor o‘tkaziladigan ushbu jahon va Osiyo chempionatida Hindiston, Rossiya, Turkiya, Gruziya, Indoniziya, Armaniston, Vengriya, Shvesariya, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston kabi 25 ga yaqin davlatning nomdor polvonlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Belbog‘li kurash bo‘yicha 29 mayda o‘tkaziladigan jahon chempionatida o‘g‘il bolalar erkin yo‘nalishda -45, -50, -55, -60, -65, -71, -77, -85, -95 hamda +95 kg. vazn toifalarida kuch sinashishsa, qizlar -44, -48, -52, -57, -63, -70, +70 kg. vaznlarda bellashishadi.

Shuningdek, reglamentga muvofiq, 30 may kuni belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Mazkur chempionatda o‘g‘il bolalar -45, -50, -55, -60, -65, -71, -77, -85, -95, +95 kg. vazn toifalarida kurash tushsa, qizlar -44, -48, -52, -57, -63, -70, +70 kg. vazn toifalarida o‘zaro bellashishadi.

Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Kiritildi: 19:07, 28.05.2025.
O'qildi: 624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик