Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona

Pastore Messidan tashqari o‘zi bilan o‘ynagan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

Pastore Messidan tashqari o‘zi bilan o‘ynagan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

Baho:
+ | -

«PSJ»ning sobiq yarim himoyachisi Xavyer Pastore Neymarning «Barselona»dan parijliklar safiga 222 million yevro evaziga o‘tganini esga oldi.

«Bu haqiqatan ham ajoyib voqea edi. Biz futbolchi bozorda bunday katta summaga baholanishi mumkinligini tasavvur ham qilmagan edik. Lekin avval unga raqib sifatida, keyin esa bir jamoada to‘p surar ekansan, bu summa hatto kam baholangan deb o‘ylaysan.

U bilan birga o‘ynash va uning atrofida bo‘layotgan voqealarni kuzatish haqiqiy aqldan ozish edi. Neymar – shunchaki futbolchi emas, u bundan ancha ko‘p narsa. Lionel Messidan keyin men o‘ynagan eng yaxshi futbolchi — aynan u. U transferi orqali futbolni o‘zgartirdi, barcha qoliplarni buzib tashladi», — degan Pastore so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib o‘tamiz, Neymarning «Barselona»dan «PSJ»ga transferi 2017 yil avgust oyida amalga oshgan va u dunyodagi eng qimmat transfer sifatida rekord o‘rnatgan — 222 million yevro. Braziliyalik futbolchi «PSJ» safida 173 ta o‘yinda ishtirok etib, 118 ta gol urgan va 79 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:18, 30.05.2025.
O'qildi: 1998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик