Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinmi?

O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinmi?

Baho:
+-2 | -

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston terma jamoasi 10 oktyabr kuni Braziliya terma jamoasi bilan o‘ynashi mumkinligi borasida xabarlar tarqaldi. Wikipedia'da qayd etilishicha, Temur Kapadze jamoasi Yaponiyaning Saytama shahrida “pentakameonlar”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

“Daryo” ushbu ma’lumot yuzasidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan bog‘landi. Ular ushbu ma’lumot haqiqatdan yiroq ekanligi, shuningdek, agar O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritisa, kuzda bo‘ladigan FIFA kunlarida kuchliroq terma jamoalarga qarshi uchrashuvlar tashkil qilinishi mumkinligi, ammo Braziliya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi borasida hech qanday ma’lumot yo‘qligini bildirdi.

Ta’kidlash kerakki, Wikipedia'da Braziliya terma jamoasi oktyabr oyida Yaponiyada ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi belgilangan. Ulardan biri kunchiqar yurt vakillariga qarshi o‘tkaziladi. Mazkur bahs 14 oktyabrga belgilangan. Ammo “pentakampeonlar” 10 oktyabrda qaysi jamoaga qarshi maydonga tushishi qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 5 iyun kuni Jahon chempionati saralashi doirasidagi BAAga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Shuningdek, 10 iyun kuni Toshkentda Qatarni qabul qiladi. Temur Kapadze jamoasi mazkur bahslarda o‘ziga kerakli ochkolarni qo‘lga kirita olsa, mundial masalasini hal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:19, 30.05.2025.
O'qildi: 4219 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.