Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

"PSJ"ga nisbatan nega simpatiya kuchaydi?

"PSJ"ga nisbatan nega simpatiya kuchaydi?

Baho:
+ | -

Taniqli futbol eksperti Qahramon Aslanov "PSJ"ga nisbatan muxlislarning ortib borayotgan mehri haqida gapirdi. 

"Bir jamoaga simpatiya qachon uyg‘onishi mumkinligini o‘ylasam, masalan, «PSJ»ni oling, negadir ularni avvalgidek yomon ko‘rishmayapti, uning muxlislari paydo bo‘lyapti, jiyanlarim kompyuter o‘yinlarida tanlab o‘ynayotganini ko‘raman. Qizig‘i, bunday muxlislik Messi, Neymarlar o‘ynab yurganda emas, bu mavsumda paydo bo‘lgandek. Aslida, Messiyu Neymarlar aynan shuning uchun olib kelinmaganmidi?

Formula boshqacha. Agar bir jamoada yulduzlar aynan o‘sha yerda o‘ynab yulduzga aylansa, muvaffaqiyat shu bo‘larkan. Hozirgi Barkolya va Duedan tortib, Dembele, Vitinya, Mendeshlar aynan «PSJ»da shu darajaga chiqishdi.

Messi va Neymar zo‘r davrini «Barselona»da o‘tkazishdi, avvalgilar Zlatan, Kavani, Pastore, Bekhem va boshqalar ham shu, Parijga faqat futbol uchun kelmagani bilinardi. Muxlis zoti sun’iylikni yomon ko‘radi, shuning uchun ham hozirgi «PSJ»ni ko‘proq yaxshi ko‘rishyapti.

Aslida xuddi shu ta’rifga «Inter» ham tushadi. Jamoaga hech qachon bu darajaga boshqa joyda chiqmagan yoki Mxitaryan, Darmiyan kabi omadi yurishmaganlar yig‘ilgan. Ularning g‘alabasi ham go‘zal hikoya bo‘lishi shubhasiz", – dedi Aslanov.

Kiritildi: 22:17, 31.05.2025.
O'qildi: 997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик