Luis Enrike ikkinchi treblni qo‘lga kiritdi.
Bugun ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostidagi "PSJ" Chempionlar Ligasi finalida "Inter"ni tor-mor etib (5:0), g‘olib bo‘ldi. Avvalroq parijliklar Fransiya chempionati va kubogini qo‘lga kiritgandi.
Avvalroq, Enrike "Barselona" bosh murabbiyi sifatida treblni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi - 2014/15 yilgi mavsumda uning jamoasi Ispaniya chempionati, kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Luis "Barselona" va "Manchester Siti" bilan treblni qo‘lga kiritgan Pep Gvardiolaning natijasini takrorladi.













