Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Desham Dembelening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatini baholadi

Desham Dembelening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatini baholadi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Parij klubining Chempionlar Ligasidagi g‘alabasidan so‘ng «PSJ» hujumchisi Usmon Dembelening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatini baholadi. «PSJ» finalda Milanning «Inter» jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Chempionlar Ligasidagi g‘alaba — bu a’lo, lekin ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan jurnalistlar qaror qiladi va mavsum hali yakunlanmagan. Menimcha, bugungi kunda birinchi uchlik nomzodni aniqlash qiyin.

Mbappe ham bor — u La Liganing eng yaxshi to‘purari va «Oltin butsa» sohibidir, garchi u yaqinda boshqa klubga o‘tgan bo‘lsa ham. Yoki Lamin Yamal, menimcha, u ham o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi... Nima uchun Levandovski yoki Rafinya emas?» — deydi Desham Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Usmon Dembele 2024/2025 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 28 yoshli hujumchi turnir doirasida 15 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Final uchrashuvida esa u ikki marta assist qildi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:32, 02.06.2025.
O'qildi: 2306 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.