Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Eldor Shomurodov: “O‘yin uslubim Gasperinining talablariga javob beradi”

Eldor Shomurodov: “O‘yin uslubim Gasperinining talablariga javob beradi”

Baho:
+2 | -

“Roma” Jan Pyero Gasperini bilan kelishuvga erishdi. ESPN nashri xabariga ko‘ra, tajribali mutaxassis yangi mavsumdan boshlab rimliklarni boshqaradi. O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov bu yangilik yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Hujumchi YouTube’dagi Comment Show podkastida italiyalik murabbiyning “Roma”ga kelishi haqidagi savollarga javob berdi.

— Eldor, rasmiy manbalarga ko‘ra, Gasperini “Roma” bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Uning oldingi faoliyati haqida qanday fikrdasan? U bilan ishlashda qiyinchiliklar bo‘lmaydimi?

— Hali yangilikdan xabardor emasman, hozir mashg‘ulotdan chiqdim.

— Ayni paytda bu yangilik e’lon qilindi.

— Yaxshi yangilik. Chunki Gasperini “Atalanta”ni noldan olib chiqib, Chempionlar Ligasi darajasiga yetkazgani hamma uchun ma’lum. Hozir ham ular chempionlik uchun kurashmoqda. O‘ylaymanki, u “Roma”da ham yaxshi natijalarga erishadi.

— Uning o‘yin uslubi haqida qanday fikrdasan? Jismoniy tayyorgarlik va yuqori pressingga asoslangan o‘yin senga mos keladimi?

— Bu haqida hozircha gapirish erta. Mening o‘yin uslubim ham Gasperinining talablariga javob beradi deb o‘ylayman.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Roma” Gasperini bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Klaudio Ranyeri mavsum yakunida “Roma” boshqaruvidan ketdi va klub tizimida faoliyat yuritmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:39, 04.06.2025.
O'qildi: 4070 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.