Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Real" "PSJ"ning transfer maqsadini "urib" ketadiganga o‘xshayapti

"Real" "PSJ"ning transfer maqsadini "urib" ketadiganga o‘xshayapti

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachi Franko Mastantuononi sotib olishga yaqin turibdi. "River Pleyt"da o‘ynayotgan 17 yoshli futbolchi allaqachon "PSJ" bilan kelishuvga erishgan - vunderkindning Parijga o‘tishi deyarli muqarrar ekani xabar qilingandi.

Jurnalist Patrik Bergerning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda "Real" argentinalik uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. Futbolchi dastlab "Qirollik klubi"ga o‘tishni orzu qilgan, shu bois "PSJ"ning bahsda ustunlikni qo‘lga kiritishi nihoyatda qiyin bo‘ladi. Madrid klubi rahbariyati shartnomani yaqin vaqt ichida – klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanishidan oldin yopish niyatida.

Transfermarkt portali Franko Mastantuononing narxini 30 million yevroga baholamoqda, "River Pleyt" bilan shartnomadagi sotib olish bandi esa taxminan 45 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 23:24, 04.06.2025.
O'qildi: 4901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик