Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

"Manchester Yunayted" Dyokereshni sotib olishga tayyor

"Manchester Yunayted" Dyokereshni sotib olishga tayyor

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Lissabonning "Sporting" jamoasi hujumchisi Viktor Dyokereshni sotib olishga tayyor, deya xabar bermoqda jurnalist va insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida. Manbaga ko‘ra, shvesiyalik forvard 65 million yevro evaziga Portugaliya klubini tark etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 26 yoshli hujumchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqayotgani haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, "kanonirlar" Viktorning transferi borasida "Sporting" bilan deyarli kelishuvga erishgan. Dyokeresh Portugaliya klubida 2023 yilning iyulidan beri o‘ynab kelmoqda, o‘shanda u "Koventri"dan 24 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Ilgari u "Brayton" tarkibida Premyer-ligada o‘ynagan.

Yakunlangan mavsumda Dyokeresh barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda qatnashib, 54 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Kiritildi: 13:17, 06.06.2025.
O'qildi: 4761 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик