Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 2-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Maksim Shaskix: "Barchasi qoniqtiryapti, e’tiroz yo‘q"

Maksim Shaskix: "Barchasi qoniqtiryapti, e’tiroz yo‘q"

Baho:
+ | -

"Andijon" jamoasi Tojikistondagi yig‘ini doirasida "Xo‘jand"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi va unda 1:1 hisobi qayd etildi. Bellashuvdan so‘ng "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shaskix klub matbuot xizmatining savollariga javob qaytardi.

-  Maksim Aleksandrovich, “Xo‘jand”ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi borasidagi fikrlaringiz qanday?

-  Yaxshi raqib bilan maydonga tushdik. Uchrashuvda o‘yinchilarning holatini tekshirdik va bir qator yoshlarni ham ko‘zdan kechirib oldik. O‘rinbosarlar tarkibidan jalb etilgan futbolchilarni qanday salohiyatga egaligini ushbu o‘yin orqali ko‘rdik. Yana qanday ish olib borish kerakligini belgilab oldik va o‘z yo‘nalishimizda davom etamiz. Yoshlar bunday yig‘inlarda qatnashib, o‘zidan tajribali o‘yinchilar bilan birga ishtirok etib, mahoratga ega bo‘lishadi. Bunday bellashuvlarda ular yaxshigina tajriba to‘plashadi. O‘yin yaxshi tempda bo‘lib o‘tdi. Lekin maydonni sifati unchalik yaxshi emasligi o‘yin sifatiga ta’sir qildi, qolgan barchasi joyida. Umuman olganda, bellashuvdan ko‘nglim to‘ldi. O‘yin oldidan biz bergan ko‘rsatmalar bajarildi. 5 kun davomida qilgan harakatlarimizni maydonda ko‘rib oldik. Bir kunlik xordiqdan keyin chempionatning navbatdagi turida bo‘lib o‘tadigan “Buxoro”ga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

-  FIFA kunlaridagi tanaffusdan foydalanib, Tojikistonning ushbu maskanida tashkil etilayotgan yig‘indan qoniqyapsizmi?

-  Albatta, bu yer juda yaxshi maskan, havosi ajoyib ekan. Xursandman. Ajoyib muhit va sharoitlar. Barchasi qoniqtiryapti. E’tiroz yo‘q. Mashg‘ulotlar jarayoni reja bo‘yicha davom etmoqda. O‘yinchilarimiz belgilangan talablarimiz bo‘yicha yaxshi mashg‘ulotlar o‘tashmoqda. Ularga e’tiroz yo‘q. Bizni boshqa yo‘limiz yo‘q. Chidash kerak, harakat qilish lozim va oldinga intilish muhim. Shunday harakatlar va mehnat evaziga yigitlar yanada shakllanib boradi.

-  Legionerlarning ketishiga munosabatingiz qanday?

-  Bu haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, ha, ular jamoadan ketdilar. Menga klub bilan o‘rtalarida kichik tushunmovchiliklar bo‘lganligini aytishdi. Miomir Jurichkovich va Islam Mashukov bilan gaplashdim. Shu o‘rinda aytishim kerakki, ish boshlaganimdan beri ta’kidlab kelaman, hech bir o‘yinchiga asosiy tarkibda joy kafolatlanmagan. Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi. Biz murabbiylar shtabi har bir o‘yinchini tahlil qilib chiqamiz. Mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatayotganlarga ishonch bildiramiz. Shaxsan menga kimni maydonga tushishini farqi yo‘q. Kim kuchli bo‘lsa, kim yaxshi harakat qilayotgan bo‘lsa, o‘shani o‘ynatamiz. Bu mahalliy futbolchimi yoki boshqasimi, kim kuchliligini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, imkoniyat beriladi. O‘yinchi maydonga tushdimi, uchrashuvdan avval beradigan ko‘rsatmalarimizni to‘liq bajarishi kerak. Bu mening talabim va shu bilan birga futbolning ham qonuni" - dedi Shaskix.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 13:48, 06.06.2025.
O'qildi: 1808 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.