Kirish Ro'yxatdan o'tish

Komanning "Bavariya"dan ketish ehtimoli qancha?

Komanning "Bavariya"dan ketish ehtimoli qancha?

Baho:
+ | -

"Bavariya" vingeri Kingsli Koman yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi aniq. Bu qarordan ikkala tomon ham manfaatdor. Fransuzning tez orada ketish ehtimoli - 90 foiz, deydi insayder Fabrisio Romano. 29 yoshli futbolchiga Angliya Premyer-ligasi va Saudiya Arabistoni chempionatida talab bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kingsli Komanning o‘zi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi Vensan Kompani jamoasi safida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt ekspertlari vingerning narxini 30 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:23, 07.06.2025.
O'qildi: 566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик