"Manchester Siti" "Sheffild Uensdey" hujumchisi Keylon Kadamarteri bilan kelishuvni yakunladi, deya xabar bermoqda Fabrisio Romano.
Bir necha klublar 15 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, ammo u uzoq muddatli reja doirasida "shaharliklar" loyihasiga qo‘shilmoqda.
U16 jamoasi hujumchisi, Angliyaning o‘z yosh toifasidagi eng yaxshi to‘purari.













