Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

7-14 iyun kunlari JLA O‘zPFL faoliyatini o‘rganadi

7-14 iyun kunlari JLA O‘zPFL faoliyatini o‘rganadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avvalroq xabar berganimizdek, Jahon futbol ligalari rahbariyati 7-14 iyun kunlari Toshkentda bo‘ladi. Tashkilotning Ligalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Stanislav Shtipkov Toshkentga yetib kelgan bo‘lib, 8 iyun sanasidan boshlab mutaxassis Ligada o‘rganish ishlarini boshlaydi.

Bunda e’tibor qaratiladigan masalalar:

-  futbol klublarini lisenziyalash jarayoni;

-  teletranslyasiyalarni amalga oshirish mexanizmi;

-  Liganing marketing siyosati;

-  media va kommunikasiya strategiyasi;

-  stadionlar infratuzilmasi;

-  musobaqalar o‘tkazish tartibi;

-  liga boshqaruvi mexanizmi;

-  Assosiasiya va Liga o‘rtasidagi munosabatlar.



Yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha Shtipkov Liganing shu masalalar bo‘yicha mas’ul vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi va o‘rganish ishlarini olib boradi. Bu boradagi yutuq yoki kamchiliklar bo‘yicha hisobot tayyorlaydi.

JLA 2025 yildan boshlab Ligalarni rivojlantirish dasturini ishga tushirgan bo‘lib, O‘zbekiston mazkur dasturning ilk ishtirokchisiga aylanmoqda. Endilikda JLA har yili bitta Ligani mazkur dastur ishtirokchisi sifatida saralab oladi va o‘rganishlari xulosasini yillik hisobotlarida aks ettiradi.

Ma’lumot uchun, O‘zPFL Jahon futbol ligalari assosiasiyasiga 2023 yildan boshlab rasman a’zo hisoblanadi. Hozirga qadar Liga tashkilotning yilda bir marta o‘tkaziladigan 3 ta forumida ishtirok etgan: Dubay (2022), Varshava (2023), Qohira (2024). 2025 yilgi forumga Afina shahri mezbonlik qiladi. O‘zPFL JLAning Markaziy Osiyo hamda MDH mamlakatlaridan yagona a’zosi hisoblanadi.   

Jahon ligalari assosiasiyaga bugungi kunda 47 ta Liga a’zo hisoblanadi. Ular bilan quyida tanishish mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:51, 08.06.2025.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.