"Bavariya" 2025/26 yilgi mavsum uchun yangi uy libosini taqdim etdi.
"Alohida tafsilot klubning Myunxen bilan aloqasini ta’kidlaydi. Stillashtirilgan "M" harfi dizaynning asosiy elementi sifatida birlashtirilgan, chunki "Bavariya" o‘z shahriga katta ahamiyat beradi", - deyiladi klub rasmiy saytidagi press-relizda.

Myunxenliklar AQSHda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ilk bor yangi libosda o‘ynaydi.













