Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

«Qanday darajadagi futbolni istaysiz?» — Qozog‘iston terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonni misol qilib keltirdi

«Qanday darajadagi futbolni istaysiz?» — Qozog‘iston terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonni misol qilib keltirdi

Baho:
+ | -

Qozog‘iston terma jamoasi himoyachisi Sergey Maliy jurnalist Anuar Abdrahmanov bilan suhbatda o‘zbekistonliklarning futboldagi yutuqlari sababini aytdi va Qozog‘iston futboli darajasini baholadi. Bu haqda Sports.kz xabar bermoqda.

«Ularda futbolni rivojlantirish bo‘yicha davlat darajasida topshiriq bo‘lgan va bu katta turtki berdi. Oradan vaqt o‘tib, buning samarasi ko‘rina boshladi. Bizda mamlakat ichida infratuzilmada o‘sish bo‘lmagunicha, natija talab qilish unchalik to‘g‘ri emas. Avvalo, uyni poydevordan qurish kerak, so‘ngra natija talab qilish mumkin. Bizda qanday maydonlar bor, qanday futbol bor — shunga qarab rivojlanyapmiz. Biz to‘g‘ri yo‘nalishdamiz, murabbiy Yevropacha impuls berayapti, lekin infratuzilmasiz bu juda uzoq yo‘l. Shuning uchun vaqt, qo‘llab-quvvatlash va ichki rivojlanish kerak.

Qarang, qayerda o‘ynayapmiz? Atirauga qarang, Aktaudagi stadionga qarang. Qanday darajadagi futbolni istaysiz? Bizning chempionat bahordayoq kurash bilan boshlanadi. Yevropa stiliga yaqinlashishimiz bilan biroz jonlanish bo‘ladi, futbol ko‘rsata boshlaymiz. Lekin biz rivojlanmayapmiz, bitta nuqtada turib qolganmiz. Millatlar ligasida bir bor natija berdik — va hammasi shu bilan tugadi. U natijadan keyin stadionlar rivojlanishi, har bir sovuq shaharda manejlar qurilishi kerak edi — masalan, Aktobeda. Manejlar, unga odamlar keladi, futbol ko‘radi, futbolchilar esa sifatli sharoitda to‘p tepadi.

Shuning uchun biz “bitta oyog‘imiz shol” holda yuribmiz, chunki futbolni aldab bo‘lmaydi. Biz natija berdik, shundan xursand bo‘lib yubordik va uni qonuniyat deb qabul qildik. Lekin u paytda nimadir qilish kerak edi, rivojlanishni davom ettirish kerak edi, ammo biz bitta nuqtada to‘xtab qoldik», — dedi Maliy.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichidagi ilk uy o‘yinida Shimoliy Makedoniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Ordabasi” klubi a’zosi bo‘lgan Sergey Maliy ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 15:50, 10.06.2025.
O'qildi: 8885 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.