Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Azizjon Kamilov Xalqaro dzyudo federasiyasida ikki lavozimga ega bo‘ldi

Azizjon Kamilov Xalqaro dzyudo federasiyasida ikki lavozimga ega bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF)ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov Kongressda tashkilotning Oliy boshqaruv organi — IJF Ijroiya qo‘mitasi a’zoligi hamda IJF Ta’lim direktori (IJF Education Director) lavozimlariga saylandi.

Osiyo dzyudo ittifoqi vise-prezidenti hisoblangan Kamilov bundan buyon Xalqaro dzyudo federasiyasining ta’lim yo‘nalishidagi islohoti, ya’ni murabbiylar, hakamlar, ma’muriy tizim mutaxassislarini tayyorlash, kadrlar masalasini hal etishga e’tiborini qaratadi. 

Shuningdek, u IJF prezidenti Marius Vizer bilan yelkama-elka dzyudoning olimpiya sport turlari oilasidagi mavqeini yanada mustahkamlash yo‘lida ish olib boradi.

Kiritildi: 23:16, 11.06.2025.
O'qildi: 712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик