Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Futzal bo‘yicha Oliy ligaga o‘tish turniriga qur’a tashlandi

Futzal bo‘yicha Oliy ligaga o‘tish turniriga qur’a tashlandi

Baho:
+ | -1

Bugun O‘zbekiston futzal federatsiyasi anjumanlar zalida 2025/2026 yilgi mavsum Oliy ligada qatnashish huquqini beruvchi O‘tish turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi Husniddin Nishonov ishtirok etdi.

18-23 iyun sanalarida Jizzax shahridagi olimpiya o‘rinbosarlari oliy mahorat maktabi zalida tashkillashtiriladigan O‘tish turnirida 5 ta jamoa qatnashadi. Bular – Farg‘onaning «Neftchi», Toshkentning O‘zSQB, Navoiyning «Qizilqum», Sirdaryoning «Guliston» hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Pantera» jamoalaridir.

Qur’aga ko‘ra O‘tish musobaqasini «Neftchi» – O‘zSQB jamoalari o‘yini ochib beradigan bo‘ldi. Har kuni to‘rtta jamoa ikkita juftlikda uchrashuv o‘tkazadi, beshinchi jamoa esa dam oladi. Musobaqa g‘olibi bir davrali tizimda jamg‘arilgan ochkolar soniga ko‘ra aniqlanadi. Ikki yoki undan ko‘proq jamoa yakunda bir xil ochko jamg‘arsa, o‘rinlar o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

Manba: https://t.me/komiljon_jumayev
Kiritildi: 16:30, 12.06.2025.
O'qildi: 606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик