Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Eng ko‘p obunachiga ega klublar: “Real” yetakchi, “Barselona” ikkinchi pog‘onada

Eng ko‘p obunachiga ega klublar: “Real” yetakchi, “Barselona” ikkinchi pog‘onada

Baho:
+ | -

Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES Football Observatory) tomonidan taqdim etilgan haftalik hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha eng ko‘p obunachiga ega 100 ta futbol klubi reytingi tuzildi. Ushbu ro‘yxat X (avvalgi Twitter), Instagram, Facebook, TikTok va YouTube ijtimoiy tarmoqlaridagi kuzatuvchilar soniga asoslangan.

Reytingda Ispaniyaning “Real Madrid” klubi birinchi o‘rinni egalladi. Jamoaning umumiy obunachilar soni 470 milliondan oshgan. Klub 2024 yil iyun oyi boshidan buyon 45,3 million yangi obunachi qo‘shgan, bu esa 11 foizlik o‘sishni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda esa ularning azaliy raqibi — “Barselona” (427,4 million obunachi) joy olgan (+44,4 mln, +12,3%).

Uchinchi o‘rinda Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi (233,6 mln, +7,3 mln, +3,4%) joylashgan, to‘rtinchi pog‘onada esa Fransiyaning “Parij Sen-Jermen” jamoasi (199,4 mln +6,3 mln, +3,4%) qayd etilgan.

Top o‘ntalikdan yana to‘rt ingliz klubi — “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Chelsi” va “Arsenal”, Germaniyaning “Bavariya” hamda Italiyaning “Yuventus” klublari ham o‘rin olgan.

Ijtimoiy tarmoqda eng ko‘p obunachiga ega top-10 klub:

1. “Real Madrid” — 473,7 mln (45,3 mln, +11%)
2. “Barselona” — 427,4 mln (+44,4 mln, +12,3%)
3. “Manchester Yunayted” — 233,6 mln (+7,3 mln, +3,4%)
4. “Parij Sen-Jermen” — 199,4 mln (+6,3 mln, +3,4%)
5. “Manchester Siti” — 179,5 mln (+12,7 mln, +8,0%)
6. “Yuventus” — 174,9 mln (+9,2 mln, +5,9%)
7. “Liverpul” — 166,7 mln (+10,9 mln, +7,5%)
8. “Chelsi” — 152,9 mln (+5,3 mln, +3,8%)
9. “Bavariya” — 149,1 mln (+7,1 mln, +5,1%)
10. “Arsenal” — 114,1 mln (+7,0 mln, +6,9%)

Yevropadan tashqari eng ommabop klublar:

1. “Flamengo” (Braziliya) — 62,0 mln (+4,8 mln, +8,8%)
2. “An-Nasr” (Saudiya Arabistoni) — 60,2 mln (+4,9 mln, +9,0%)
3. “Al-Ahli” (Misr) — 53,7 mln (+5,2 mln, +10,2%)

Obunachilar soni bo‘yicha katta o‘sishga erishgan klublar:

1. “Atletiko Madrid” — +13,9 mln (+23,1%)
2. “Santos” (Braziliya) — +82% nisbiy o‘sish
3. “Korintians” (Braziliya) — +12,7%
4. “Galatasaroy” — +11,3%
5. “Borussiya Dortmund” — +11,2%
6. “Inter” (Italiya) — +11,0%

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:09, 12.06.2025.
O'qildi: 5700 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик