Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

"PSJ" hujumchisini sotmaydi

"PSJ" hujumchisini sotmaydi

Baho:
+ | -

Foot Mercato xabariga ko‘ra, 22 yoshli Bredli Barkolaga "Bavariya" va "Liverpul" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ikkala klub ham vingerni asosiy tarkibda o‘ynashi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Biroq, "PSJ" futbolchini o‘z tomoniga og‘dirishga bo‘lgan barcha urinishlarni qat’iyan rad etdi va uni sotish imkoniyatini butunlay istisno qildi.

Xvicha Kvarasxeliyaning yanvar oyidagi shov-shuvli transferiga qaramay, Barkolya Luis Enrikening uzoq muddatli loyihasida asosiy shaxs bo‘lib qolmoqda. Futbolchining o‘zi ham klubini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti - u faoliyatini aynan Parijda davom ettirmoqchi.

Barkolya 2023 yilning avgustida "Lion"dan 50 million yevro evaziga "PSJ"ga o‘tgandi. O‘shandan beri u parijliklar hujumining muhim qismiga aylandi va Fransiya terma jamoasida debyut qildi.

Eslatib o‘tamiz, Barkolya 2024/25 yilgi mavsumda "PSJ" safida barcha musobaqalarda 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:52, 13.06.2025.
O'qildi: 1195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик