Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Tottenxem"ni chempion qilgan Postekoglu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

"Tottenxem"ni chempion qilgan Postekoglu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

"Al-Ahli" "Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Ange Postekogluga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi The Telegraph.

Saudiya klubi bosh murabbiyi Mattias Yaysle 2025 yilning yozida jamoani tark etishi mumkin, shu bois "Al-Ahli" uning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 37 yoshli germaniyalik Yevropaga qaytish niyatida va uning "Vest Xem" yoki "RB Leypsig"ga tayinlanishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

"Tottenxem" 6 iyun kuni Postekogluni iste’foga chiqardi. Jamoa o‘tgan mavsumda APLda o‘n yettinchi o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasi g‘olibiga aylandi.

O‘z navbatida, "Al-Ahli" Saudiya Arabistoni chempionatida beshinchi o‘rinni egalladi va Elit Osiyo Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Kiritildi: 18:14, 14.06.2025.
O'qildi: 1870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик