Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA 0-3 Yaponiya
10/01 16:30 Livan 2-4 Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo 1-1 Betis
10/01 19:00 Eron 0-0 O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze 2-2 Piza
10/01 19:00 Komo 1-1 Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal 3-1 Alaves
10/01 21:30 Suriya 1-0 Qatar
10/01 22:00 Roma 2-0 Sassuolo
10/01 22:30 Jirona 1-0 Osasuna
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio
12/01 00:45 Inter - Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugun natija uchun o‘ynaldi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugun natija uchun o‘ynaldi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 12-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev qatnashib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. "Ajdarlar" ustozi odatdagidek o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- G‘alaba bilan barchani tabriklayman. Yaxshigina qarshilikka uchradik. Raqib uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani ko‘rinib turibdi va deyarli vaziyat yaratishga imkon bermadi. Raqib himoyasini xato qilishga majbur qildik va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Bugun o‘yin tezligi yuqori bo‘lmadi. Havo ham issiq edi. Bugun natija uchun o‘ynaldi.

- Rubin Xebay nega o‘ynamay qo‘ydi?
- Sababi, Husayn Norchayev undan yaxshiroq sport formada. Norchayev bugun gol urmagandir, ammo jamoaga ko‘p yordam berdi. Xebay ham o‘yinga yaxshi qo‘shilib ketdi deb o‘ylayman. Agar zarbasi golga aylanganida, turning eng chiroyli gollaridan biri bo‘lar edi.

- Terma jamoa safidan qaytgan futbolchilarning holatlari qanday?
- Bu har doim ta’sir qiladi. Sababi terma jamoada va klubda turli xil tizimda tayyorgarlik ko‘riladi. Har bir futbolchining holati har xil. Akmal bugun bizga yordam berdi, ammo biz kutgan o‘yinni namoyish eta olmadi. Ba’zida ushbu faktor o‘z so‘zini aytadi.

- Akmal so‘nggi vaqtlarda maydonda ko‘p bahslashadigan bo‘lib qoldi...
- Suhbat olib borish kerak. U qiziqqon, ammo futbolchi o‘zini nazorat qila olishi kerak. Keraksiz joydan kartochka olib qo‘yishi mumkin.

- "Nasaf" futbolchilari ko‘pincha darvozabon hududidan gol urishmoqda, nega uzoq masofadan zarbalar kamayib ketdi. Bu sizning ko‘rsatmangizmi?
- Men uzoqdan tepinglar deb ko‘rsatma beraman. Angliya va o‘zbek futbolini taqqoslash ham noto‘g‘ri. Ba’zida yigitlar bunday qaror qabul qilishmaydi. Uzoq masofalardan ham gollar urdik. Bugun "Navbahor" yaxshi himoyalandi va bunday o‘yinlarda ko‘p vaziyatlar yaratilmaydi.

- Sherzod Nasrullayev bugun maydonga tushmadi...
- U terma jamoa safidan qaytdi va jamoa bilan birga ko‘p mashg‘ulot o‘tkaza olmadi. Yengil jarohati borligi tufayli, tavakkalga qo‘l urmadik. Keyingi uchrashuvlarda safga qaytadi degan umiddaman.

Kiritildi: 08:47, 16.06.2025.
O'qildi: 972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.